Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida o‘zini muxbir sifatida tanishtirib, hokimlik vakilidan 2 million 600 ming so‘m pulni olgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Muborak tumani «Mash’al» mahallasida yashovchi fuqaro A.T. 2021 yil 31 avgust kuni 102 xizmatiga murojaat qilib, davlat idoralariga o‘zini «Kun.uz» sayti muxbiri deb tanishtirgan fuqaro agarda shartnoma tuzib, plastik karta raqami va qo‘liga 2 million 600 ming so‘m pul bermasa, tumandagi salbiy holatlarni saytga chiqarib yuborishini ma’lum qilgan.
Natijada mas’ul idora vakili uning qo‘liga 100 dollar va 500 ming so‘m pul berganini, shuningdek, uning talabiga ko‘ra, u T.R. ismli fuqaroning plastik karta raqamiga bir million so‘m pul o‘tkazib berganini ma’lum qilgan.
Biroq, keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, o‘zini sayt muxbiri sifatida tanishtirgan shaxs G‘uzor tumanida yashovchi M.A. ekanini bilgach, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini bayon qilgan.
Gumonlanuvchi shaxs 20 oktabr kuni ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Muborak tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi «a» bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi