Ichki bozorda aholining kartoshkaga talabi doimo yuqori bo‘lgan. Shu bois dehqonchilikda ko‘proq kartoshka ekish va undan yaxshi hosil olishga harakat qilinadi. Hatto tomorqadagi bir parcha yerda ham kartoshka yetishtirishni o‘ylaymiz.
Ayni paytda yurtimizda kartoshka iste’moliga bo‘lgan talab yanada ortgan. Bozorlarimizda esa uning narxi kun sayin o‘syapti. Lekin mazali kartoshkalar kam, bori ham qimmat.
Mutaxassislarning fikricha, buning sababi keyingi yillarda agrosanoat majmualari kartoshka urug‘i yetishtirishga jiddiy e’tibor qaratmagan. Natijada bozorlarimizda ko‘proq Rossiya va Belarus davlatlaridan keltirilgan shu turdagi mahsulot taklif etilmoqda.
Toshkent viloyatida bu muammoni bartaraf etish, ichki bozorni serhosil, sifatli, ertapishar mahalliy navlar bilan ta’minlash ustida jiddiy izlanishlar olib borilmoqda. Bu sohaga yo‘naltirilgan klaster va kooperatsiyalar fqaoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yangi navlar yetishtirilayotgan maydonlar hajmini oshirish choralari ko‘rilmoqda. Viloyatda tashkil etilgan “Agrover” agrosanoat kartoshkachilik klasteri faoliyati bunga misoldir.
Jamoaning o‘zaro hamjihatligi, ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanishi evaziga tashqi bozordan xarid qilingan “Fontane”, “Alyaska”, “Arizona”, “Aluetta”, “Belorossa”, “Silvana”, “Sante”, “Sunita”, “Evolyushin”, “Esmi”, “Arnova”, “Manitu” singari 24 xildagi serhosil navlari mahalliylashtirilmoqda. Klaster tarkibidagi Bo‘stonliq kartoshkachilik markazining ekin maydonlarida iqlimga moslashtirilayotgan yangi navlar buning isboti.
Ayni kunlarda Parkent, Yangiyo‘l, Zangiota, O‘rta Chirchiq kabi qator tumanlarda faoliyat yuritayotgan o‘ndan oshiq tadbirkorlik jamoalari 767 gektar maydonda mahalliy urug‘lik kartoshka yetishtirishmoqda. Bo‘stonliq tumanidagi urug‘chilikka ixtisoslashtirilgan birgina sub’ektning o‘zi 601 gektar maydonda yuqori reproduksiyali navni parvarish qilayotir. “Bu ishlar ichki bozorimizda mahalliy serhosil kartoshkaning serob bo‘lishiga olib keladi”, - deyishmoqda soha mutaxassislari.
Shodiyor MUTAHAROV
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”