07:00 / 25.10.2021
2 781

Zarchavaning teri uchun foydali xususiyatlari

Zarchavaning teri uchun foydali xususiyatlari
Foto: Marie Claire
Taomga o‘ziga xos ta’m berish bilan birga organizm uchun foydaning koni hisoblangan ziravorni nima uchun ratsionga kiritish kerakligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Zarchavaning antioksidant kabi ta’siri
Terining erta qarishiga zararli radikallarning ta’siri sabab bo‘ladi. Ular organizmning ichida ishlab chiqarilishi yoki atrof-muhitdagi kirlar, tamaki tutuni, ultrabinafsha nurlari ham bo‘lishi mumkin. Tadqiqotlarda zarchavaning radikallarga qarshi ikki karra samarali ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Ikkinchidan, organizmda to‘qimalarning oksidlovchi shikastlanishiga qarshi kurash mexanizmini ishga tushiradi. Ushbu jarayonlardan kelib chiqib olimlar namlik yo‘qolishida sezilarli yaxshilanish va ajinlarning bartaraf bo‘lishiga to‘xtalib o‘tgan.

Yallig‘lanishga qarshi vosita sifatida
Ko‘zga tashlanmaydigan yallig‘lanish jarayonlari — husnbuzardan tortib, psoriaz, ateroskleroz va semirish singari salomatlik bilan bog‘liq jiddiy muammolarni keltirib chiqaruvchi asosiy omil sanaladi. Zarchavaning yallig‘lanishga qarshi xususiyati tananing deyarli barcha hujayralarida mavjud bo‘lgan va yallig‘lanish darajasiga javob beradigan ma’lum bir oqsil kompleksini bloklash qobiliyati bilan izohlanadi.

Zarchavaning detoks singari ta’siri
Zarchava fitoterapiyada qonni tozalash maqsadida foydalaniladi. Organizmda toksinlarning uzoq vaqt davomida to‘planishi teri bilan bog‘liq muammolar, husnbuzar, yallig‘lanish, erta qarishga olib kelishi mumkin. O‘tkazilgan tadqiqotlarda zarchava organizmni bir necha yo‘l bilan toksinlardan tozalashi aniqlangan. U toksinlarni biokimyoviy yo‘qotish uchun mas’ul bo‘lgan ayrim fermentlarning faolligini oshiradi. Qolaversa, safro ajralishini rag‘batlantirib, ovqat hazm bo‘lishini yaxshilaydi. Shu bilan birga jigar faoliyatini yaxshilab, qondagi toksinlarni tozalaydi.

Qon aylanishini yaxshilaydi
Qon aylanishining me’yorda bo‘lishi oziqa moddalarning ko‘zlangan maqsadga erishishiga yordam beradi, hujayralarni toksinlardan tozalaydi. O‘tkazilgan tadqiqotlarda zarchava va unga o‘xshash boshqa moddalar yaqqol antitromboz faollik ko‘rsatadi. Klinik tadqiqotda kichik qon tomirlari va teri kapillyarlarining mikrosirkulyatsiyasi sezilarli darajada yaxshilangani aniqlangan. Zarchava, shuningdek, qon-tomirlar endoteliysini yaxshilaydi. Endoteliy yomon ishlaganda organizm qon bosimi va qon ivishini to‘g‘ri nazorat qila olmaydi. Shuningdek, zarchava «yomon xolesterin» miqdorini kamaytiradi.

Kollagen sintezini jadallashtiradi
Kollagen terini yosh, tarang va elastik saqlash xususiyatiga ega muhim oqsil hisoblanadi. U shuningdek, regeneratsiya va yangilanish jarayonida ham ahamiyatli hisoblanadi. Hujayra faolligini jadallashtirib, kollagen sintezini yaxshilaydi. Maksimal darajada foydali bo‘lishi uchun zarchavani turli taom va ichimlik, salatlarga qo‘shib iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Mashhur shifokor, Amerikaning Origins kosmetika markasi bilan hamkorlik qiladigan Endryu Vaylning ma’lum qilishicha, Okinavada odamlar har kuni zarchavali choy ichadi. Buning uchun 4 stakan suvga 1 choy qoshiq maydalangan zarchava qo‘shish kerak. 10 daqiqa qaynatib, maydalangan zanjabil hamda asal solib aralashtirish lozim. Qolaversa, internetdan qidirib, turli foydali retseptlarni topish mumkin. Natijada teri tiniq va tarang ko‘rina boshlaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zarchavaning teri uchun foydali xususiyatlari