2 212
Prezident aholi va tadbirkorlar uchun gaz narxining keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaydigan qarorni qabul qildi
O‘zbekistonda aholi uchun gaz narxining keskin oshishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, 2021 yil 1 oktabrdan boshlab yuridik shaxslar tomonidan O‘zbekistonga import qilinadigan tabiiy gazni realizatsiya qilish uchun aksiz solig‘i stavkasi nol foizni tashkil etadi.
Bundan tashqari, 2022 yil 1 yanvardan boshlab ishlab chiqarish korxonalari tomonidan sotiladigan suyultirilgan gaz aksiz solig‘iga tortilmaydi hamda tadbirkorlarga tabiiy va suyultirilgan gazni O‘zbekistonga olib kirishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashni kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib) huquqi beriladi.
Yana bir muhim jihat – hujjatda aholiga tabiiy va suyultirilgan gazni sotish tartibga solinadigan tariflar (narxlar) bo‘yicha amalga oshirilishi bevosita belgilab qo‘yilgan. Agar ular aholiga sotib olish bahosidan (birinchi tannarx) past narxda sotilsa, soliqlar shu narxdan kelib chiqib hisoblab chiqiladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»