O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida har bir shaxsning mehnat qilishi, erkin kasb tanlashi, adolatli mehnat sharoitlarida ishlashi va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega ekanligi mustahkamlab qo‘yilgan.
Ish beruvchi va ishchi o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari bilan bog‘liq nizolar sud yoki boshqa vakolatli organ tomonidan xal etilib, fuqarolarning buzulgan huquqlari tiklanmoqda.
Shu kabi ishlardan biri Majburiy ijro byurosi Bandixon tuman bo‘limi ish yurituviga qabul qilinib, bank xodimi avvalgi ishiga tiklandi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2021 yil 22 sentabrdagi xal qiluv qaroriga asosan A.Xazratqulov Qiziriq tumanidagi bankning filialiga avvalgi ish o‘rni bo‘lgan bo‘lim boshlig‘i vazifasiga ishga tiklash belgilangan edi.
Mazkur sudning ijro varaqasiga asosan Byuroning tuman bo‘limi tomonidan Qiziriq tuman bank filiali boshlig‘iga darxol ishga tiklash haqida shuningdek, sud qarori ijrosini bajarmaslik eng kam oylik ish xaqining 10 barobaridan 15 barobarigacha ma’muriy jarima qo‘llanishi mumkinligi haqida rasmiy ogohlantirilib, qaror nusxasi bilan tanishtirildi.
Shundan so‘ng, 22 oktabr kuni Qiziriq tuman bank filiali boshlig‘ining “Mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida”gi buyrug‘i bekor qilinib, asossiz bo‘shatilgan xodim avvalgi ish joyiga tiklanishi ta’minlandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»