
Tovar-moddiy boyliklarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.
Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Daut-ota” chegara bojxona postiga kirib kelgan fuqaro M.M. boshqaruvidagi “MAN” rusumli yuk avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.
Natijada, avtomashinada bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan umumiy qiymati 140 mln. so‘mlik tovarlar borligi aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar