00:15 / 29.10.2021
2 635

Paqildoqlarning noqonuniy oldi sotdisiga chek qo‘yildi

Paqildoqlarning noqonuniy oldi sotdisiga chek qo‘yildi
Bojxona organlari tomonidan pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasi va savdosiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, kuni kecha Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan hamkorlikda Qarshi shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqaro S.R. tomonidan umumiy qiymati 750 000 so‘mlik 3000 dona pirotexnika vositalarini qonunga zid ravishda “shartli xaridorga” sotmoqchi bo‘lgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Mazkur pirotexnika vositalari ashyoviy dalil sifatida olinib, holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Paqildoqlarning noqonuniy oldi sotdisiga chek qo‘yildi