1 347
Toshkent viloyatida salkam 20 million so‘m qalbaki pul ishlab chiqaruvchilar aniqlandi
Toshkent viloyatida salkam 20 million so‘mlik qalbaki 100 ming so‘mlik kupyuralarni yasagan shaxslar qo‘lga olindi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi departament hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Yangiyo‘l shahrida qalbaki pul ishlab chiqarish bilan shug‘ullanayotgan shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi.
Xususan, Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan fuqaro o‘z yashash joyida onasi va xotini bilan birgalikda qalbaki milliy valyutani ishlab chiqargan.
Fuqarolardan jami 19,6 million so‘mlik 196 dona 100 000 so‘mlik qalbaki banknotalar, shuningdek, ikki dona kompyuter, ikkita rangli printer, bir dona qog‘oz kesuvchi va boshqa ish yuritish buyumlari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. Bundan tashqari, uyni tintuv qilish chog‘ida pnevmatik to‘pponcha topilib, musodara qilingan.
Shu vaqt ichida qalbaki valyuta sotib olish uchun kelgan Samarqand viloyati Nurobod tumanidan muqaddam sudlangan fuqarolar ham qo‘lga olingan.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?