13:00 / 30.10.2021
1 391

O‘zbekistonda yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun arizalar qabuli qachondan boshlanadi

O‘zbekistonda yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun arizalar qabuli qachondan boshlanadi
AOKAda 29 oktabr kuni «Ekologik nazorat reydlarida aniqlanayotgan holatlar va brakonerlikka qarshi kurash» mavzusidagi matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Matbuot anjumanida Ekoqo‘mita tomonidan yovvoyi hayvonlarni ovlash va «Qizil kitob»ga kiritilgan hayvonlarni tabiatdan ajratish tartibi haqida aytib o‘tildi.

Xabarga ko‘ra, bu tartib «Ov qilish va ovchilik xo‘jaligi to‘g‘risida»gi qonunda keltirilgan. Unda yovvoyi hayvonlarni tutishga doir 2022 yil uchun talabnomalar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan joriy yilning 1 noyabridan 15 noyabriga qadar O‘zbekiston Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga topshiriladi. Ular 25 noyabrga qadar Fanlar akademiyasiga yuboriladi.

Fanlar akademiyasi yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvota loyihasi bo‘yicha xulosani 5 dekabrga qadar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga taqdim etadi. Ekologiya qo‘mitasi 10 dekabrga qadar bo‘lgan muddatda ushbu xulosa asosida yovvoyi hayvonlarni tutishga doir kvotalarni tasdiqlaydi. Kvotani taqsimlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda uni ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish hududiy organlariga yuboradi.

Qayd etilishicha, yovvoyi hayvonlarni tutishga doir har yilgi hamda qo‘shimcha kvota O‘zbekiston Ekologiya qo‘mitasining rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi. «Qizil kitob»ga kiritilgan kamyob va yo‘qolib borayotgan yovvoyi hayvon turlarini tabiiy yashash muhitidan ajratib olish alohida tartibda Fanlar akademiyasining xulosasi, Vazirlar Mahkamasi qarori, Ekologiya qo‘mitasi ruxsatnomasi bilan amalga oshiriladi.

Shuningdek, O‘zbekiston hududida yovvoyi hayvonlarni ov qilish haq to‘lash asosida amalga oshirilishi, to‘lov yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnomada ko‘rsatilgan har bir hayvon uchun kiritilishi aytildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda yovvoyi hayvonlarni ovlash uchun arizalar qabuli qachondan boshlanadi