
Ko‘chat ekib, bog‘ yaratish — xalqimizning azaliy qadriyatlaridan biri hisoblanadi. Hozirda yurtimizda bog‘lar, ko‘chalar hamda yo‘l yoqalarida yashnab turgan daraxtlar tevarak-atrofga ko‘rk ulashish tadbirlari davom etmoqda.
Majburiy ijro byurosining Sirdaryo viloyat boshqarmasi xodimlari ham mevali va manzarali daraxtlar hamda gul ko‘chatlarini o‘tqazish, parvarishlash kabi tadbirlarni tashkil etib borishmoqda.
Birgina, MIB Boyovut tuman bo‘limi xodimlari bo‘lim binosi hovlisida - uzum, nok, olma, gilos, kashtan, yapon soforasi va lola kabi 100 dan ortiq ko‘chatlarni ekishdi.
Albatta, bunday sa’y-harakatlar prokuratura organalri binolarini yanada obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishiga yaqindan ko‘maklashish, shu bilan birga xodimlarning xalqimizga xos ezgu fazilatlariga o‘zining munosib hisasini qo‘shishdan iboratdir.
Byuro organlari tomonidan obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va allleya daraxtlarini o‘tqazish ishlari davom ettirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar