Kadr: YouTube
Andijon shahrida raqamsiz va hech qanday hujjatsiz harakatlanib ketayotgan Nexia-3 avtomobili haydovchisi yo‘l-patrul xizmati inspektoriga masalani hal qilib berishni so‘rab, 300 dollar pora berayotganda qo‘lga olindi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi 4-safarbarlik guruhi inspektori tomonidan Andijon shahridagi Bobur shohko‘chasida davlat raqami belgisisiz harakatlanib kelayotgan Nexia-3 avtomashinasi tekshirish uchun to‘xtatilgan. Tekshiruv davomida haydovchiga va avtomashinaga tegishli hujjatlar mavjud emasligi, davlat raqam belgisi o‘zboshimchalik bilan yechib olinib, yukxonada saqlanayotgani hamda avtomashina yon oynalari ruxsatnomasiz qoraytirilgani aniqlanib, belgilangan tartibda ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Avtomashina esa vaqtinchalik saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan.
Fuqaro yo‘l-patrul xizmati inspektorlari tomonidan pora berish va pora olish jinoyat ekani to‘g‘risida bir necha marta ogohlantirilishiga qaramay, ularga 300 dollar miqdorida pul taklif qilgan. YPX inspektori holat yuzasidan viloyat IIB boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan. Xodimning bildirgisiga asosan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida haydovchi YPX inspektoriga 300 dollarni pora tariqasida bergan vaqtda ushlangan. Pul xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov-surishtiruv ishlari davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»