
O‘zbekiston armiyasi yangilangan Global Firepower Index – 2021 reytingida dunyoda 51-o‘rinni egalladi.
Reytingga ko‘ra, O‘zbekiston armiyasi 70 ming harbiy xizmatchidan iborat bo‘lib, uning tarkibida 194 ta havo texnikasi, 420 ta tank, 98 ta yoppasiga o‘q uzish tizimlari, 1,2 ming zirhli texnika, 60 ta artilleriya quroli mavjud.
Shu bilan birga, mamlakat Markaziy Osiyoda birinchi o‘rinni egalladi (Qozog‘iston – 61, Turkmaniston – 86, Qirg‘iziston – 93, Tojikiston – 99).
Sobiq SSSR davlatlari orasida O‘zbekiston to‘rtinchi o‘rinni egallab, faqat Rossiya (2-o‘rin), Ukraina (25-o‘rin) va Belarus (50-o‘rin) armiyalaridan ortda qolmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar