09:34 / 02.11.2021
2 250

O‘zbekistondagi telekanallar faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi

O‘zbekistondagi telekanallar faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi
O‘zbekistonda profilaktika ishlari doirasida telekanallar faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi, deya xabar qilmoqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston aholisiga televideniye dasturlarini uzluksiz va sifatli tarqatilishini ta’minlash maqsadida Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi — «RRTM» Davlat unitar korxonasining texnik vositalarini yillik rejalarda belgilangan muddatlarda o‘chirib, profilaktika ishlari muntazam ravishda amalga oshiriladi.

Qayd etilishicha, «RRTM»ning raqamli teledasturlarni shakllantirish qurilmalarida, teleradio uzatgichlarida, antenna-fider tizimlarida va sun’iy yo‘ldosh qabul qilish-uzatish qurilmalarida profilaktika ishlari 2021 yilning 1–23 noyabr kunlari o‘tkaziladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, navbatdagi rejali profilaktika ishlari 1–23 noyabr kunlari jadval asosida har bir hududda navbatma-navbat tungi soat 1:00 dan 06:00 gacha teleuzatgichlarda profilaktika ishlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu muddat oralig‘ida har bir hududda (Toshkent shahridan tashqari) faqat bir kun tungi soat 01:00 dan 06:00 gacha davlat va nodavlat telekanallarni efirga uzatilishi vaqtincha to‘xtatilishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, to‘xtalishlar kuzatilgan vaqtda abonent uskunasi (tyuner va televizor) sozlamalarini o‘zgartirish tavsiya etilmaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistondagi telekanallar faoliyati vaqtincha to‘xtatiladi