Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlari markazlari tomonidan yo‘qolgan ashyolarni qabul qilish, saqlash va ularni egalariga qaytarish yoki ularni davlat arxiv idoralariga topshirish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligining Ichki ishlar vazirligi tizimidagi “Topilmalar stoli” faoliyatini tugatish va tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari tomonidan yo‘qolgan ashyolarni jismoniy va yuridik shaxslardan qabul qilish, saqlash va ularni egalariga qaytarish yoki ularni davlat arxiv idoralariga topshirish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish haqidagi taklifiga rozilik beriladi.
2022 yil 1 martdan boshlab davlat xizmatlari markazlari tomonidan yo‘qolgan va topib olingan ashyolarni qabul qilish, saqlash, egalariga qaytarish yoki ularni davlat arxiv idoralariga topshirish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilishi yo‘lga qo‘yiladi. Yo‘qotilgan ashyolarni qidirish bo‘yicha murojaatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham qabul qilinadi.
Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi 2022 yil 1 martga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda Davlat xizmatlari agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yo‘qolgan ashyolarni qidirish, topilmalar haqida ma’lumot olish imkoniyatini nazarda tutuvchi “Topilmalar” avtomatlashtirilgan qidiruv tizimini joriy etadi. Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan tizimni 2023 yil 1 yanvarga qadar ichki ishlar organlarining “Buyum” axborot tizimiga integratsiya qiladi.
Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi 2022 yil 1 martga qadar davlat xizmatlari markazlarida yo‘qolgan va topib olingan ashyolarni qabul qilish, saqlash, egalariga qaytarish yoki ularni davlat arxiv idoralariga topshirish bo‘yicha davlat xizmatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan xavfsizlik talablariga javob beradigan maxsus xonalar (burchaklar), temir seyflar va zarur moddiy-texnika vositalari, axborot texnikalari bilan jihozlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...