11:44 / 04.11.2021
3 733

Toshkentda xonanda DXX tomonidan qo‘lga olindi

Toshkentda xonanda DXX tomonidan qo‘lga olindi
Videodan lavha
Toshkentda yashovchi 1963 yil va 1975 yilda tug‘ilgan ikki fuqaro tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan shaxsning ishonchiga kirib, Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani o‘rmon xo‘jaligi hududidan unga «kovrak» o‘simligi yetishtirishi uchun 1000 gektar yer ajratilishida yordam berishlarini aytib, evaziga 300 ming dollar talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmatining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlarining viloyat prokuraturasi hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentning hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda Qarshi shahrida o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida mazkur shaxslar so‘ralgan pulni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Tergovoldi surishtiruv harakatlari davomida ular ushbu noqonuniy ishni o‘zini go‘yoki O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi inspektori deb tanishtirgan, 1988 yil Qarshida tug‘ilgan, hozirda Toshkentda istiqomat qilib, aslida xonandalik bilan shug‘ullanuvchi, muqaddam sudlangan shaxs bilan 80 ming dollar evaziga hal qilishga o‘zaro kelishib olganliklari ma’lum bo‘ldi va tezkor tadbir davom ettirilib, Toshkentda dastlabki 24 ming dollarni olgan vaqtida u ham ushlandi.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda xonanda DXX tomonidan qo‘lga olindi