22:56 / 04.11.2021
1 435

Diyetolog pishloqning zarari haqida gapirdi

Diyetolog pishloqning zarari haqida gapirdi
Foto: «Eco-abrau.ru»
Diyetolog Tatyana Ivannikova pishloqning foydalari va zararlarini so‘zlab berdi. Mutaxassis ushbu mahsulotni tanlashda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida maslahat berdi, deb yozadi «RIA Novosti».

Shifokorning aytishicha, pishloq to‘yimli mahsulot bo‘lib, oqsillarning to‘rtdan bir qismidan iborat. Bu moddalar tanaga zarur, chunki ular mushaklar uchun qurilish materiali vazifasini o‘taydi. Shu bois tiklanish davrida pishloq ko‘pincha sportchilar tomonidan iste’mol qilinadi.

Ivannikovaning so‘zlariga ko‘ra, pishloqning afzalligi shundaki, uning oqsillari sut oqsillariga qaraganda yaxshiroq so‘riladi. Ushbu mahsulot energiyani to‘ldirish uchun juda yaxshi, shuning uchun u ko‘pincha sog‘lom tamaddi sifatida ishlatiladi. Biroq yuqori kaloriya miqdori tufayli pishloq ortiqcha vazn va yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan odamlarga tavsiya etilmaydi.

«Pishloqni tanlashda uning tarkibiga e’tibor bering, unda o‘simlik yog‘lari ko‘p bo‘lmasligi kerak. Ushbu mahsulotni ishlab chiqarish jarayoni ancha uzoq va qimmat, shuning uchun pishloq arzon bo‘lishi mumkin emas», — dedi Ivannikova.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Diyetolog pishloqning zarari haqida gapirdi