07:43 / 05.11.2021
1 611

Antibiotiklarni qachon qabul qilgan va qanday hollarda ulardan tiyilgan ma’qul?

Antibiotiklarni qachon qabul qilgan va qanday hollarda ulardan tiyilgan ma’qul?
Foto: «Domashniy ochag»
Antibiotiklar yallig‘lanish qarshi samarali ta’sir ko‘rsatadi, ammo istalgan dori vositasi singari ularni qabul qilganda ham ehtiyot bo‘lish muhimdir. Shifokorlarning ogohlantirishicha, antibiotiklarni nazoratsiz qabul qilish, dozani oshirib yuborish yoki qabul qilish qoidalariga rioya qilmaslik va o‘zboshimchalik qilish infeksiyani surunkaliga aylanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Qachon antibiotiklarni qabul qilsa bo‘ladi, qanday vaqtlarda esa yo‘qligi haqida ma’lumot berib o‘tamiz.

Eslatma: Har qanday dori vositasini shifokor ko‘rsatmasiga asosan qabul qilish kerak.

Quloq kasalligi infeksiyalarida
Mumkin emas

Quloq kasalliklariga sabab bo‘ladigan aksariyat infeksiyalarda, xususan, ikki yoshdan katta bolalardagi alomatlarda darhol antibiotik qabul qilmaslik kerak. Bir-ikki kun o‘tgandan keyin ham belgilar yo‘qolmasa, shifokorga murojaat qilish hamda uning ko‘rsatmalariga rioya qilish kerak.

Mumkin
Kuchli va lo‘qillaydigan og‘riq hatto bir necha kundan keyin ham qolmasa antibiotik qabul qilish kerak bo‘ladi.

Teri allergik kasalligi — ekzemada
Mumkin emas

Antibiotiklar teri qizarishi va qichishida yaxshi yordam bermasligi mumkin. Shu bois ekzemaga xos belgilar kuzatilganda shifokorga murojaat qilish zarur.

Mumkin
Teridagi bakterial infeksiya belgilari — yiringli yara, shilinish hamda yallig‘lanishda antibiotik samara berishi mumkin.

Respirator infeksiyalari
Mumkin emas

Shamollash va grippni, shuningdek, yo‘tal hamda bronxit kasalliklarini aksariyat hollarda virus keltirib chiqargani uchun ham antibiotiklar samarasiz bo‘lishi mumkin.

Mumkin
Yo‘tal ikki haftadan ko‘p davom etsa, streptokokk infeksiyani aniqlashga topshirilgan test ijobiy chiqqanda antibiotikni qabul qilsa bo‘ladi.

Sinusit infeksiya
Mumkin emas

Sovuqdan orttirilgan tumov ba’zi hollarda bir haftada o‘tib ketadi.

Mumkin
Tumovga xos simptomlarning bir haftada o‘tib ketmasligi, bosh og‘rig‘ining to‘xtamasligi, burundagi suyuqlikning yashil rang va badbo‘yligiga bakteriyalar sabab bo‘lishi mumkin. Bunday vaziyatda antibiotik qabul qilish kerak.

Siydik yo‘llaridagi infeksiyalarda
Mumkin emas

Siydik tahlilida bakteriya bakteriya borligi aniqlansa, biroq hech qanday alomatlar kuzatilmasa, darrov antibiotik ichishga shoshilmaslik kerak. Gap shundaki, organizmda antibiotiklarning o‘ziga chidamli bakteriyalar paydo bo‘lishiga olib kelishi ham mumkin.

Mumkin
Alomatlar kuzatilganda va og‘riq bo‘lganda qabul qilsa bo‘ladi. Ammo undan avval shifokor bilan maslahatlashish kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Antibiotiklarni qachon qabul qilgan va qanday hollarda ulardan tiyilgan ma’qul?