08:45 / 05.11.2021
1 128

Uy hayvonlarida koronavirusni aniqlash yo‘li topildi

Uy hayvonlarida koronavirusni aniqlash yo‘li topildi
Foto: «Newokruga.ru»
«SberZdorove» onlayn tibbiy xizmati veterinari uy hayvonlarida koronavirus borligini qanday aniqlash mumkinligini aytdi. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, yo‘tal va burun oqishi kasallik belgilari bo‘lishi mumkin, deb yozadi «RIA Novosti».

Ekspertning tushuntirishicha, uy hayvonlari kamdan-kam hollarda koronavirus bilan kasallanadi. Bu infeksiyalangan odam bilan yaqin va uzoq muddatli aloqada sodir bo‘ladi. Veterinar mushuk yoki itda infeksiyani aniqlash yo‘lini aytdi. Aksirish, yo‘talish, ko‘z yoshlanishi yoki burun oqishi, uyquchanlik va og‘ir nafas olish kabi belgilar kasallikdan dalolat beradi.

Infeksiyani tasdiqlash yoki istisno qilish uchun mutaxassis veterinariya klinikasiga murojaat qilishni maslahat berdi, u yerda uy hayvonidan burundan surtma olinadi. Biroq bu alomatlar boshqa respiratorli infeksiyalarning ham belgilaridir — masalan, mikoplazmoz.

«Agar tashxis tasdiqlansa, lekin uy hayvoni o‘zini yaxshi his qilsa, uni davolashga hojat yo‘q: faqat sog‘lig‘ini nazorat qilish kerak. Agar yangi alomatlar paydo bo‘lsa yoki u yomonlashsa, veterinariya klinikasiga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi», — deb maslahat berdi veterinar.

Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, COVID-19 bilan bog‘liq bo‘lmagan «mushuklar» koronavirusi ham mavjud. Bu deyarli barcha mushuklarda kuzatiladi. U xavfli emas, lekin ba’zi hollarda yuqumli peritonit va enteritning rivojlanishiga olib keladi. Virus odamlarga va itlarga zarar yetkazmaydi, chunki u bilan faqat mushuklar kasallanishadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Uy hayvonlarida koronavirusni aniqlash yo‘li topildi