1 994
Surxondaryoda Suriyaga borib, jangarilar safiga qo‘shilishni rejalashtirgan shaxslar qo‘lga olindi
Foto: Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati
DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi va IIB bilan hamkorlikda viloyatning Termiz shahri va Termiz tumanida yashovchi, xalqaro terrorchilik guruhlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlab kelgan shaxslar faoliyatiga chek qo‘ydi.
Viloyat IIB xabariga ko‘ra, ushbu shaxslarning aksariyati Termiz shahridagi bozorlardan birida savdo faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan. Ular Telegram’da virtual guruh tashkil qilgan holda unda terrorchilik tashkilotlari g‘oyalarini targ‘ib qilgan. O‘zlarining Turkiya, Suriya va Misrdagi g‘oyadoshlarini moliyaviy tomondan qo‘llab-quvvatlash maqsadida, plastik karta rasmiylashtirgan hamda unda yig‘ilgan pul mablag‘larini ko‘rsatilgan hududlarga yuborish bilan shug‘ullangan.
Foto: Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati
Foto: Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati
Qo‘lga olinganlar orasida kelgusida Suriyaga borib, jangarilar safiga qo‘shilishni rejalashtirgan fuqarolar ham mavjud.
Guruh a’zolarining xonadonlarida o‘tkazilgan tintuv jarayonida ekstremistik va terrorchilik mazmunidagi ashyoviy dalillar protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.
Foto: Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati
Foto: Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati
Xabarda aytilishicha, hozirda qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...