20:54 / 05.11.2021
1 729

Fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklandi

Fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklandi
Shartnoma deganda, avvalo, nafaqat yuridik fakt, balki moddiy, nomoddiy manfaatlar to‘g‘risidagi huquqiy munosabat, tomonlarning o‘zaro kelishuvini aks ettiruvchi hujjat tushuniladi. Demak, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar yoki tadbirkorlik faoliyatini yurituvchi fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlar qonunlar bilan bir qatorda shartnomalar orqali ham tartibga solinadi. Shartnomaning mukammalligi uning taraflar manfaatlari doirasida ekanligi, amaldagi qonun xujjatlarga muvofiq kelishi, yuridik jihatdan mustahkam himoyaga ega bo‘lishiga bog‘liq.

Ayrim tadbirkorlar tomonidan tuzilgan shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaslik holatlariga yo‘l qo‘yilmoqda.

Misol uchun, fuqarolik ishlari bo‘yicha Navoiy viloyat sudining 03.02.2021 yildagi va Uchquduq tuman sudining 10.03.2021 yildagi “Uchquduq qimiz” MCHJga nisbatan shartnoma oqibatiga yetkazilgan zararni undirish haqidagi ijro hujjatilariga asosan fuqaro E.Usmonov foydasiga 27.766.953 so‘m, I.Baxronova va M.Xapizov foydasiga 29.322.691 so‘m, A.Primov foydasiga 36.108.242 so‘m va A.Xolov foydasiga 33.722.533 so‘m jami jami 126.920.419 so‘m undirish belgilangan.

Mazkur ijro hujjatlari byuroning Uchquduq tuman bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qaror nusxalari tomonlarga yuborilgan.

Ushbu ijro hujjatlari bo‘yicha qarzdorlikni undirish maqsadida qarzdor “Uchquduq-qimiz” MCHJga tegishli avtobuslar borligi aniqlanib, ushbu transport vositalarini topish imkoni bo‘lmaganligi sababli, 14.10.2021 yilda qidiruv e’lon qilinib, qidiruv tadbirlari davomida, 1 ta avtobus mashinasi topilib, jarima maydonchasiga keltirib qo‘yilgandan so‘ng qarzdorlik summalari to‘liq undirilib, 5 nafar fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklandi