Ayni vaqtda Oliy Majlis Senatining yangi binosida Prezidentlikka saylangan Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Prezident sifatida qasamyod qabul qilgan Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida quruq va yolg‘on gaplar, tagi puch raqamlar ziyon keltirishi haqida gapirdi, deb xabar beradi «Daryo».
Shavkat Mirziyoyev kelgusi besh yil uchun ustuvor yo‘nalishlarni belgilash asnosida, o‘tgan davrda erishilgan yutuqlar bilan birga, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni ham tanqidiy nuqtai nazardan chuqur tahlil qilish lozimligini ta’kidlagan.
- "Nega deganda, o‘z kelajagini o‘z qo‘li, o‘z kuchi bilan yaratishga bel bog‘lagan xalq va millat kechagi kundan to‘g‘ri saboq chiqarib, oldinga intilib yashaydi. Saylovoldi uchrashuvlarida mamlakatimizdagi har bir shahar va tumanni ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va ma’rifiy rivojlantirish bo‘yicha yangi rejalar tuzdik.
Hozirgi kunda ana shu takliflarni umumlashtirib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha alohida-alohida dasturlarni ishlab chiqmoqdamiz va ularni yillar kesimida amalga oshiramiz.
Men bundan besh yil oldin, ya’ni Prezidentlik faoliyatimni boshlagan ilk kunlarda aytgan fikrimni yana takrorlayman: menga soxta va balandparvoz gaplarning keragi yo‘q. Quruq va yolg‘on gaplar, tagi puch raqamlar – bu faqat o‘zimizni aldash bo‘ladi. Bu faqat ishimizga ziyon yetkazadi.
Biz uchun umumiy ishimiz va harakatimizga foyda beradigan g‘oya va fikrlar, amaliy taklif va tashabbuslar, aniq natijalar kerak. Bundan boshqa yo‘lni men mutlaqo qabul qilmayman", - dedi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...