1 229
Insult, miya saratoni va bosh og‘rig‘i bilan kechadigan boshqa kasalliklarni qanday aniqlasa bo‘ladi?
Foto: «Domashniy ochag»
Bosh og‘rig‘i salomatlikka xos jiddiy muammolar borligidan darak berishi mumkin. Shu sabab ham unga befarq bo‘lmasdan o‘z vaqtida mutaxassisga borish kerak.
Migren: lo‘qillagan bosh og‘rig‘i
Ushbu alomat 6 foiz erkak va 18 foiz ayol aziyat chekadigan kasallikka xos. Migrenni butkul bartaraf qiladigan shifo yo‘q ekaniga qaramay, og‘riqni nima qo‘zg‘atishini bilib, undan qochishga harakat qilish kerak. Shuningdek, vaqti-vaqti bilan kuzatilgan taqdirda ham nevrologga murojaat qilish lozim.
Insult: uvishishning sezilishi va aniq bo‘lmagan nutq
Shifokorlarning ta’kidlashicha, bosh og‘rig‘i bilan birga kuzatiladigan bu kabi simptomlar bosh miya anevrizmidan darak beradi. Aynan shu sabab ham kech tashxis qo‘yish holatlari kuzatiladi. Bemorlar og‘riqsizlantiruvchi dori vositalarini qabul qilib oxirgi daqiqagacha shifokorga murojaat qilmaydi. Agar sizda nutq bilan bog‘liq muammo va uvishish seziladigan bo‘lsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish kerak.
Miya chayqalishi: diqqat qilishning qiyini
Bu miya chayqalishiga xos alomat hisoblanadi. Miya chayqalishi hamisha ham ko‘ngil aynishi yoki hushdan ketish bilan ham kuzatilavermaydi. Ammo bosh og‘rig‘i va diqqat qilish bilan bog‘liq muammo, albatta, unga xos bo‘lgan sanaladi. Bosh og‘rig‘i diqqatning yo‘qolishi bilan kuzatiladigan bo‘lsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qiling.
Miya saratoni: kuchli bosh og‘rig‘i
Bosh og‘rig‘ining shunchalik kuchli ekanidan uxlashning qiyin bo‘lishi va og‘riq bilan uyg‘onishning kuzatilishi darhol shifokorga murojaat qilish kerakligini bildiradi. Gap shundaki, bu kabi kuchli og‘riq miya saratoniga xos keng tarqalgan alomatlardan sanaladi.
Meningit: yuqori harorat va bo‘yin sohasidagi og‘riq
Ushbu kasallik hamisha ham kuzatilavermagani bilan unga xos bo‘lgan simptomlarni bilish muhim sanaladi. Orqa miyani zararlashi mumkin bo‘lgan bakterial infeksiya juda ham xavfli. Yuqori harorat va bo‘yin sohasidagi og‘riq unga xos keng tarqalgan alomatlardandir. O‘zingiz yoki yaqinlaringizda bu kabi o‘zgarishlar kuzatilsa, zudlik bilan mutaxassisga murojaat qilish kerak. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...