15:22 / 06.11.2021
1 344

«Senzura o‘rnatish, OAVga bosim va tazyiq o‘tkazish, material va texnik vositalarni g‘ayriqonuniy ravishda olib qo‘yish uchun javobgarlik kuchaytiriladi» — Prezident

«Senzura o‘rnatish, OAVga bosim va tazyiq o‘tkazish, material va texnik vositalarni g‘ayriqonuniy ravishda olib qo‘yish uchun javobgarlik kuchaytiriladi» — Prezident
Foto: Prezident matbuot xizmati
Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Davlat rahbari marosimda so‘zlagan nutqida OAV faoliyatiga to‘sqinlik qilish uchun javobgarlik kuchaytirilishini ta’kidlab o‘tdi.

Mamlakatimizda demokratik yangilanish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish uchun so‘z va matbuot erkinligini, fuqarolarning axborot olish va uni tarqatish, o‘z fikr va qarashlarini erkin bildirish huquqini ta’minlash borasida muhim chora-tadbirlar hayotga joriy etilmoqda.

Albatta, bunday ochiqlik va oshkoralik sharoitida ishlash, o‘z faoliyatiga nisbatan bildirilayotgan tanqidiy fikrlarni to‘g‘ri qabul qilish eskicha qoliplar bilan yashayotgan ayrim amaldorlarga yoqmasligi ham mumkin. Lekin bundan qat’i nazar, biz bu yo‘lni davlat siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri deb bilamiz va uni izchil davom ettiramiz.

Shu maqsadda amaldagi qonunchilikda davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslari tomonidan ommaviy axborot vositalari faoliyatiga to‘sqinlik qilish, senzura o‘rnatish, tahririyat xodimlariga bosim va tazyiq o‘tkazish, materiallar va texnik vositalarni ulardan g‘ayriqonuniy ravishda olib qo‘yish harakatlari sodir etilgani uchun javobgarlikni kuchaytirish ko‘zda tutilmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, qonuniy faoliyat yuritayotgan barcha jurnalist va blogerlar bundan buyon ham qonun va Prezident himoyasida bo‘ladi
, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Senzura o‘rnatish, OAVga bosim va tazyiq o‘tkazish, material va texnik vositalarni g‘ayriqonuniy ravishda olib qo‘yish uchun javobgarlik kuchaytiriladi» — Prezident