Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tayotgan videoselektor yig‘ilishida davlat rahbari yoshlar siyosati bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar va katta marralar belgilanganini bildirdi. Bu haqda «Daryo» xabar qilmoqda.
Bu borada 2020 yili boshlagan ishlar davomiyligini ta’minlab, o‘tgan yili tashkil etilgan yoshlar bo‘yicha mahallagacha tushadigan vertikal tizim yaratiladi.
Bunda, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, har bir mahallada viloyat hokimining yordamchisi – yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etiladi.
Yoshlar siyosati eng muhim masalalardan biri ekanini inobatga olib, ushbu yoshlar Prezident vakili bo‘ladi.
Ularning asosiy vazifalari:
- «yoshlar daftari» va yoshlar dasturlarini shakllantirish va ularning ijrosini ta’minlash;
- mahalladagi har bir yoshlar bilan manzilli ishlab, ularni muammolarini hal etish;
- yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ayniqsa «Beshta muhim tashabbus» ijrosini tashkil etish;
- yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
- hokim yordamchilari bilan birgalikda yoshlarning kasbiy ko‘nikmalarini shakllantirish va bandligini ta’minlashdan iborat.
Shavkat Mirziyoyev har bir viloyat hokimi 15–20 dekabr kunlari Prezidentga investitsiya, sanoat, tadbirkorlik, yer ajratish masalalari bilan birga, yoshlarni ishga joylashtirish bo‘yicha ham alohida hisobot berishini aytdi.
Mas’ullar viloyat, tuman va shahar hokimlari bilan birga, 15 noyabrdan joylarga chiqib, harbiy xizmatni o‘tagan, yoshlarni ortidan ergashtira oladigan, sadoqatli, fidoiy nomzodlarni tanlab, ularni o‘qitishni tashkil etishi bildirildi.
«Har bitta hokimning yoshlarning hafta davomida madaniyat, kitob o‘qish, sport bilan shug‘ullanish, kasb-hunarni o‘rganish bo‘yicha kunlik rejalari bo‘lishi shart. Bugun hokimlar ushbu ishlarni qanday tashkil etishi to‘g‘risida aniq-aniq hisobot beradi», – deydi davlat rahbari.
Prezident har bir mahallada stadion va sport majmualarida yoshlarni mashg‘ul qilish, u yerlarda san’atkorlar ishtirokida konsert dasturlari berilishi, yoshlarning vaqtini mazmunli tashkil etish kerakligini bildirdi.
«O‘zingiz ham oliy ta’lim muassasalari yotoqxonalariga boring, sport kiyimlarida yurib, namuna bo‘ling», – dedi Prezident. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...