Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro T.D. o‘zgalar ishonchiga kirib, noqonuniy boylik orttirish maqsadida fuqaro N.ga mehmonxona va umumiy ovqatlanish shahobchasi qurish uchun Oqdaryo tumani hududidan 3 gektar yer maydonini tanishlari ko‘magida auksion savdosi orqali olib berish evaziga 6 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, Departamentning Kosonsoy tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.Q. fuqaro Q.ga 1 gektar yer maydonini 18 000 AQSH dollariga tanishlari orqali rasmiylashtirib olib berishga kelishib, shundan 5 000 AQSH dollari va 43 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...