22:00 / 10.11.2021
2 136

“Orlando”dagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari manzilga yetib bormadi

“Orlando”dagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari manzilga yetib bormadi
Mamlakatimizda realizatsiyasi taqiqlangan dori vositalarini yashirincha yurtimizga olib kirishga bo‘lgan urinishlarga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan viloyat IIB xodimlari bilan hamkorlikda mamlakatimizga giyohvandlik va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy kirib kelishi hamda aylanishiga qarshi kurashish maqsadida Farg‘ona shahrida tezkor tadbir o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Farg‘ona-Qo‘qon” yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro X.A. boshqaruvidagi “Orlando” rusumli avtomashina kuzatuvga olindi.

Kuzatuv davomida fuqaro X.A. avtomashina oynasidan bir dona sumkani tashlagan vaqtida to‘xtatilib mazkur sumka xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, ushbu sumkada xorijda ishlab chiqarilgan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan, umumiy qiymati 135 million so‘mlik jami 1000 dona “Tramadol Lannaxer 50mg” nomli, mamlakatimizda muomalasi cheklangan giyohvandlik dori vositalari hamda 100 dona “Tropikamid 10ml” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi. Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Orlando”dagi kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari manzilga yetib bormadi