Respublikamiz bojxonachilari tovar-moddiy boyliklarni yurtimizga noqonuniy ravishda va tegishli bojxona to‘lovlarisiz olib kirilishiga qarshi tezkor tadbirlarni muntazam amalga oshirilmoqda.
Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi "Chuqursoy texnik idorasi" temir yul chegara bojxona posti xodimlari xorijdan bojxona postiga keltirilgan 2 ta yuk konteynerini tovarlarga tegishli yuk hujjatlari va inspeksion ko‘rik majmuasidan olingan rengent tasvirlari o‘rtasida o‘zaro nomuvofiqliklar aniqlanganligi sababli belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazishdi.
Buni qarangki, shubhalar o‘z tasdig‘ini topib, bojxona ko‘rigi davomida hujjatlarda “gaz plitalar korpusi” deya ko‘rsatilgan tovarlar aslida tayyor shakldagi stol usti gaz plitalari ekanligi, shuningdek hujjatlarda ko‘rsatilganidan ortiqcha bo‘lgan elektromotorlar borligi aniqlandi.
Natijada, dastlabki qiymati 1 mlrd. 181 mln. so‘mlik 2491 dona tayyor shakldagi stol usti gaz plitalari hamda 15840 dona elektromotorlar vaqtincha saqlovga olindi. Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi