15:21 / 11.11.2021
3 289

Dunyo tibbiyoti yangi muammo qarshisida turibdi — bu virus emas

Dunyo tibbiyoti yangi muammo qarshisida turibdi — bu virus emas
2022 yilda dunyoda maxsus tibbiy shpritslar yetishmasligi mumkin. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lum qildi.

«2021 yilda COVID-19 ga qarshi 6,8 milliarddan ortiq emlash amalga oshirildi. Bu ishlab chiqarilgan shpritslar soni bilan solishtirilganda yiliga olti milliardga teng»,—deydi JSSTning dori vositalari va sog‘liqni saqlash mahsulotlaridan foydalanish bo‘yicha katta maslahatchisi Liza Xedman.

Uning fikricha, butun dunyodagi ishlab chiqaruvchilar bir martalik shpritslar ishlab chiqarishni ko‘paytirish yo‘lini topishlari kerak. Agar ishlatilgan va ishlab chiqarilgan tibbiy asboblarning bu nisbati tuzatilmasa, 2022 yilda dunyo bo‘ylab 2 milliard shpritslar taqchilligi yuzaga kelishi mumkin.

Shpritslarning yetishmasligi, o‘z navbatida, butun dunyo bo‘ylab bolalarni emlashning kechikishiga olib kelishi mumkin, shuningdek, qashshoq mamlakatlarni ignalarni qayta ishlatishni boshlashga undaydi, bu juda xavfli amaliyotdir. Shpritslarning yetishmasligi boshqa kasalliklarga qarshi muntazam emlashlarga ham salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Muammolar logistika tomondan ham paydo bo‘lishi mumkin. Shpritslar yetkazib berish kechikishiga ko‘proq moyil bo‘ladi, chunki ular, masalan, vaksina idishlariga qaraganda o‘n barobar ko‘proq joy egallaydi.

UNICEF 2021 yil oktabr oyi oxirida shpritslar yetishmasligidan ogohlantirgandi. Shuningdek, tashkilot 2022 yilda dunyoda 2,2 milliard shprits tanqisligiga duch kelishi mumkinligini bashorat qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dunyo tibbiyoti yangi muammo qarshisida turibdi — bu virus emas