Rossiyadan O‘zbekistonga 5ta maxsus poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Rossiyadan O‘zbekistonga 5ta maxsus poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Foto: Transport vazirligi axborot xizmati
“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan “Voljskiy-Toshkent” yo‘nalishida yo‘lovchi poyezdining 5ta maxsus reysi yo‘lga qo‘yiladi.

Transport vazirligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur poyezdlar 2021 yil 15, 19, 22, 26, 29 noyabr kunlari soat 20:57da “Voljskiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatini amalga oshiradi.

Ushbu poyezdlarga faqat bir tomonga, ya’ni “Voljskiy-Toshkent” yo‘nalishiga chiptalar sotiladi. Chiptalarni elektron tarzda ham sotish yo‘lga qo‘yilgan.

Rossiyadagi fuqarolarning yaqinlari O‘zbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjati nusxasi bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati veb-sayti orqali ye-ticket.railway.uz’dan chiptalarni elektron tarzda xarid qilib olib, jo‘natishlari ham mumkin.

Joriy yil oktabr oyida Rossiyadan O‘zbekistonga 4ta maxsus poyezd reysi qatnovi amalga oshirilishi xabar berilgandi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar