Favqulodda vaziyatlar vazirligi mutaxassisi Is gazidan saqlanishning oddiy qoidalarini tushuntirib berdi, deb xabar qilmoqda "O‘zbekiston 24" telekanali.
"Havo harorati pasaygan vaqtda aholining isitishga bo‘lgan ehtiyoji oshishi tabiiy. Ana shunday vaqtda ayrim fuqarolar bilib yoki bilmagan holda turli odatiy va nostandart istish moslamalaridan foydalanadi, - deydi FVV boshqarma boshlig‘i Abdusami Ahmadov. - Har qanday yoqilg‘i yongan vaqtda o‘zidan zaharli gazlarni hosil qiladi. Shu sababli bevosida xona ichida joylashgan istish moslamalari soz holatda bo‘lishi kerak.
Birinchi o‘rinda bu - istish pechlari, ikkinchi o‘rinda - tutun chiqaruvchi dudbo‘ronlar. Dudbo‘ron soz bo‘lsayu pech nosoz bo‘lsa, u pech ichidagi hamma gazlarni tortib ketadi va pechning ozgina nosozligi sezilmaydi.
Lekin pech soz bo‘lsayu dudbo‘ron soz bo‘lmasa - bu baxtsiz va ko‘ngilsiz hodisalarga olib kelishi mumkin. Shu sababli dudbo‘ron sozligining asosiy qoidalarini yana bir bor eslatib o‘tmiz:
- dudbo‘ron vertikal shaklda tomga chiqishi kerak;
- dudbo‘ron uchi chordoqning ustidan ham 50-60sm ko‘tarilgan bo‘lishi kerak. O‘shandagina biz yoni jarayonida hosil bo‘lgan zaharli gazlarni atmosferaga chiqib ketishini ta’minlaymiz;
- dudbo‘ronni biz bir marotaba 90 gradusga bukadigan bo‘lsak. uning tortish kuchi bir necha barobar kamayib ketadi, demak zaharlanishga olib kelish ehtimoli bir necha barobar oshib ketadi.
Ma’lumot uchun is gazi (SO2) - juda xavfli. Inson nafas olganda uni sezmaydi, chunki uning hidi rangi va ta’mi yo‘q. Is gazi inson organizmiga kirganidan so‘ng u qon tarkibidagi kislorod tashiydigan gemoglobinga birikadi va qonning miyani kislorod bilan ta’minlash funksiyasi izidan chiqadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda har yili isitish mavsumi boshlanish vaqtida bir necha kishi is gazi qurboniga aylanmoqda. 2021 yilda ham afsuski ana shunday qurbonlar soni allaqachon 20dan oshib ketdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi