Oliy Majlis Qonunchilik palatasida «Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida»gi qonun loyihasi dastlabki tarzda ko‘rib chiqila boshlandi.
Qonun loyihasida davlat mulkiga egalik qilishni asoslash prinsiplari belgilanmoqda.
Unga ko‘ra, davlat tomonidan davlat mulkiga egalik qilish asosiy faoliyatini tabiiy monopoliya sohasida amalga oshirish, xususiy sektor tomonidan bajarilishi norentabel hisoblanadigan aholiga zarur bo‘lgan tayanch xizmatlarni ko‘rsatish va boshqa shu kabi mezonlarning biriga yoki bir nechtasiga mos kelganda yo‘l qo‘yilishi nazarda tutilmoqda.
Shuningdek, qonun loyihasida davlat mulkini boshqarish sohasida vakolatli davlat organi sifatida Davlat aktivlarini boshqarish agentligini belgilash, uning asosiy vakolatlaridan biri sifatida davlat mulkini boshqarish bo‘yicha yagona davlat siyosatini yuritish belgilanmoqda.
Mazkur hujjatda Agentlik har yili 1 avgustga qadar davlat ishtirokidagi korxonalarning o‘tgan yilgi faoliyati natijalari to‘g‘risidagi yig‘ma hisobotni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, Vazirlar Mahkamasiga taqdim etishi, o‘z veb-saytida e’lon qilishi lozimligi ko‘rsatilmoqda.
Davlat mulkini saqlash va yaxlitligini ta’minlash bilan bog‘liq xarajatlarini moliyalashtirish bilan bog‘liq ma’lumotlar barcha uchun ochiq bo‘lishi, davlat organlari, Agentlik, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda davlat ishtirokidagi korxonalar rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinishi taklif etilmoqda.
Qonun loyihasining qabul qilinishi davlat mulkini boshqarish sohasida mas’ul bo‘lgan idoralarni belgilashga, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirishga, davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining mas’uliyatini oshirishga, ularning davlat mulkini boshqarish sohasidagi vakolatlarini aniq belgilashga hamda davlat mulkini boshqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi