Foto: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot xizmati
Qoraqalpog‘istonda Ichki ishlar vazirligi xodimi va yana ikki shaxs firibgarlik yo‘li bilan pora olayotganida qo‘lga tushdi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Qoraqalpog‘istonda olib borayotgan tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilib, mahsulotini YPX maskanlari orqali Xorazm viloyati hududiga o‘tkazishga ruxsat berish evaziga bir guruh shaxslar tomonidan pul talab qilinayotgani haqida fuqarodan ariza kelib tushgan.
Murojaatga asosan 2—3 noyabr kunlari Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Xorazm viloyat boshqarmasi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamkorligida tadbir o‘tkazilgan.
Tadbirda dastlab fuqaro K.U. tadbirkordan 50 ta yuk mashinasi uchun 3,5 million so‘mdan jami 175 million so‘m pulni pora sifatida olayotganida jinoyat ustida qo‘lga tushgan.
Surishtiruvda K.U. qo‘lga kiritilgan pul mablag‘larini sherigi A.X.ga olib borib berishi kerakligini, u esa ushbu pullarni Qoraqalpog‘iston IIV xodimlariga berishi lozimligini ma’lum qilgan. Shunga ko‘ra, sherigi A.X.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘rab ariza bilan murojaat qilgan.
Tadbirning keyingi qismida fuqaro K.U. 50 ta yuk mashinasidan faqat 10 tasini YPX maskanidan o‘tkazish uchun 35 million so‘mni olayotganida qo‘lga olingan. U ham tadbirni davom ettirishga rozi bo‘lib, ariza bilan murojaat qilgan.
Kelishuvga asosan «Shadli aul» YPX maskanida xizmat olib borayotgan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV xodimi R.E. tong otguncha oz vaqt qolgani uchun faqat 3 ta mahsulot yuklangan transport vositasini o‘tkazishini bildirgan. IIV xodimi R.E. fuqaro A.X.dan pullarni olayotganida jinoyat ustida ushlangan.
Xabarda aytilishicha, yuqoridagi shaxslarga nisbatan Xorazm viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi va 25-moddasi (jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) 211-moddasi (pora berish) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin