Foto: Namangan FVB
Namangan shahri Davlatobod tumanida 13 noyabr kuni Malibu-2 yonib ketgandi. Uni mast erkak yoqib yuborgani aniqlandi.
Viloyat IIBning bildirishicha, Malibu-2 avtomashinasida yong‘in yuz bergani haqida xabar 13 noyabr kuni soat 04:00 larda kelib tushgan. Mashina 1989 yilda tug‘ilgan ayolga tegishli bo‘lgan. U mashinani uyi oldidagi avtoturargohga qo‘ygan.
Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor surushtiruv tadbirlari davomida buni Namangan shahrida yashovchi erkak sodir etgani aniqlangan.
Foto: Telegram / @Namanganliklar
U ayol bilan 2021 yil mart oylaridan buyon tanish bo‘lgan. O‘rtalarida bo‘lib o‘tgan kelishmovchiliklar sababli fuqaro mast holatda 13 noyabr kuni soat 03:00 larda 10 litr hajmdagi yelim idishda benzin olib kelib, ayolga tegishli avtomashinani haydovchi tomon oynasini tosh bilan sindirib, benzinni avtomashina salonini ichiga sepib, yoqib yuborgan.
Viloyat IIB xabariga ko‘ra, hozirda mazkur holat yuzasidan Davlatobod tumani IIB huzuridagi TB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin