«O‘zgidromet» ob-havo bo‘yicha ogohlantirish e’lon qildi

«O‘zgidromet» ob-havo bo‘yicha ogohlantirish e’lon qildi
«O‘zgidromet» ob-havo bo‘yicha yana bir ogohlantirish e’lon qildi. Unga ko‘ra, 2021 yil 17 noyabr kuni A-373 «Toshkent – O‘sh» avtoyo‘lining «Qamchiq» dovoni hududida qor ko‘rinishida yog‘ingarchilik, vaqti vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman, ko‘rinuvchanlik 50 m gacha pasayishi, shamol tezligi 17–22 m/s, kuchayishi 25-27 m/s gacha kutilmoqda, avtoyo‘lda muzlama va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, bugun shimoliy hududlarda, ertadan butun O‘zbekistonga sovuq havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar