Namangan shahar IIB sobiq profilaktika inspektori S.O. boshqa fuqarolarning nomiga olingan jami 81,4 mln. so‘m kredit mablag‘larini talon-toroj qilganligi holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 168 va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Gumonlanuvchi turli bahonalar bilan tergovga kelishdan bosh tortib, yashiringanligi sababli unga nisbatan sirtdan ayb e’lon qilinib, 13 noyabr kuni sudning ajrimi bilan «qamoqqa olish» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida 14 noyabr kuni ayblanuvchi ushlanib, himoya huquqlari ta’minlangan holda tergovga jalb qilingan.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval ushbu xodimning vazir Bobojonovga videomurojaati e’lon qilingandi. Unda murojaatchi Namangan shahar IIB, 2-sonli IIB da sodir bo‘layotgan noqonuniy xatti-harakatlar yuzasidan shikoyat qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi