Xalqaro pochta konvensiyasi va milliy qonunchiligimizga muvofiq xalqaro pochta va kurerlik jo‘natmalari orqali qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlarini yuborish mumkin emas.
Ammo, mazkur tartiblarni chetlab o‘tib, pochta jo‘natmalari orqali qimmatbaho zargarlik buyumlarini olib kirishga urinishlar ham uchrab turibdi. Yaqinda Toshkent shahar bojxona boshqarmasining «Bosh pochtampt» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari ana shunday urinishlardan birini fosh qilishdi.
Xorijdan poytaxtimizda istiqomat qiluvchi fuqaro nomiga yuborilgan 3 dona pochta jo‘natmasida aslida hujjatlarga muvofiq jami 74 dona oddiy bijuteriya va qo‘l soatlari bo‘lishi lozim edi.
Ammo, jo‘natmalar belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganida, undagi taqinchoqlar qimmatbaho toshlar va qimmatbaho metallardan ishlangan zargarlik buyumlari ekanligi aniqlandi.
Shunday qilib, mazkur holatda 3 ta pochta jo‘natmasida jahonga mashhur nufuzli brendning tilladan ishlangan 664,7 gr. og‘irlikdagi 58 dona zargarlik buyumlari, shuningdek 26 dona qo‘l soatlari to‘xtatib qolindi. Mazkur taqinchoq va soatlarning aksariyati esa qimmatbaho olmos toshlari bilan bezalgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu zargarlik buyumlarining umumiy qiymati 1 mlrd. 593 mln. so‘mdan oshmoqda.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tekshiruv va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Ta’kidlanishicha, yil boshidan buyon «Bosh pochtamt» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida og‘irligi 1,2 kg.dan ziyod zargarlik buyumlarining pochta va kurerlik jo‘natmalari orqali olib o‘tilishi oldi olingan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi