Foto: «Aviaspotter»
17 noyabr kuni ob-havo sharoiti tufayli Toshkent aeroportida bir nechta reyslar kechiktirildi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports kompaniyasi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining «Toshkent — Dubay» yo‘nalishidagi HY-333 reysi ob-havo sharoitidan tashqari yo‘lovchilardan birining favqulotda bortdan olinganligi sababli ham kechiktirilgan.
«Samolyot uchishidan biroz vaqt oldin unga telefon orqali yaqin qarindoshi vafot etganligi haqida xabar berishdi, shu bois u bortni tark etishga va yukini olishga qaror qildi», — deyiladi xabarda.
Mahalliy vaqt bilan soat 14:05 da Boeing 787−8 Dubayga uchib ketdi. Aviakompaniya bortdagilarning barchasini bort ovqatlari bilan ta’minlagan.
Ob-havo sharoitlari sababli yana bir nechta xalqaro va mahalliy, jumladan Toshkentdan Istanbul, Olmaota, Dushanbe, Dubay, Nukus, Urganch va Farg‘ona shaharlariga uchuvchi reyslar kechiktirilgan edi.
Ushbu yo‘nalishdagi samolyotlar allaqachon uchib ketgan, faqatgina Turkish Airlines aviakompaniyasining «Toshkent — Istanbul» yo‘nalishidagi TK-369 reysi noma’lum vaqtga qoldirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi