Foto: Navoiy viloyati FVB
Navoiy viloyatida tarkibida oltin bo‘lgan rudani qazib olish jarayonida bir guruh fuqarolarni qum bosib qoldi. Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmati hududda shunday fojia ro‘y berganini va bu hodisa oqibatida 4 kishi halok bo‘lganini tasdiqladi.
Ma’lum qilinishicha, voqea 13 noyabr kuni Konimex tumanining Karakata ovulida joylashgan Lolazor nomi bilan ataluvchi cho‘l hududida (Konimex tumani markazidan 250 km, Zarafshon shahri markazidan 60 km uzoqlikda) sodir bo‘lgan.
Tarkibida oltin bo‘lgan rudani qazib olish jarayonida bir guruh kishilar qum ostida qolgan. Oqibatda 4 kishi – Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida yashagan Shohrux Ahadov (23 yosh), Azmiddin Rahmonov (47 yosh), Bobomurod Hikmatullayev (28 yosh) hamda Navoiy viloyatining Navbahor tumanida istiqomat qilgan O‘ktam Qodirov (33 yosh) voqea joyida vafot etgan.
Foto: Navoiy viloyati FVB
Foto: Navoiy viloyati FVB
Bundan avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Zarafshon shahri yaqinida oltin qazish niyatida bo‘lgan 40-50 kishini qum bosib qolgani haqida xabar tarqalgandi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi bu xabar yuzasidan rasmiy munosabat bildirib, Navoiy viloyati FVBga hozircha bu hodisa haqida xabar kelib tushmagani, hozirda tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda surishtiruv ishlari olib borilayotganini ma’lum qilgandi.
Qayd etish kerakki, bu Navoiy viloyatida noqonuniy oltin qazib olish chog‘ida insonlar halok bo‘lishi bilan bog‘liq ilk holat emas. 2021 yilning 12 iyun kuni Xatirchi tumanining Oqtepa mahallasida tashlandiq kondan oltin qazib olish niyatida bo‘lgan 4 kishi chiqindi gazdan bo‘g‘ilib, vafot etgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi