Namangan viloyatidagi tumanlardan birining davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘zining haydovchisi nomida bo‘lgan sabzavotchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalikning 1 gektar yer maydonini boshqa bir fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 15 ming AQSH dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat prokuraturasi va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pulni xizmat xonasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimi 1990 y.t. mahalliy fuqaro bilan kelishgan holda, Urganch tumanidagi MCHJ balansida bo‘lgan 30 sotix yer maydonini tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan shaxs nomiga tanishlari orqali rasmiylashtirib berish evaziga 50 ming AQSH dollari talab qilishadi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, ular so‘ralgan puldan 30 ming AQSH dollarini olgan vaqtlarida ushlandi.
Xorazmda kuzatilgan yana bir holatda esa Xiva shahrida yashovchi, 1984 y.t. fuqaro tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan shaxsga Urganch shahri hududidan 2 sotix yer maydoni olib berish uchun 30 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 20 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.
Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi, 1992 va 1993 yillarda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro o‘zganing ishonchiga kirib, unga Toshkent viloyatining Qibray tumanida joylashgan fermer xo‘jalik balansida bo‘lgan 1,9 gektar yer maydonini olib berish evaziga 605 ming AQSH dollari talab qilishadi.
DXXning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi xodimlarining Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbiri davomida, ular so‘ralgan puldan 60 ming AQSH dollarini avans sifatida olgan vaqtlarida ushlandi.
Toshkent viloyatining Chinoz tumanida yashovchi, 1965 y.t. fuqaro o‘g‘liga tegishli bo‘lgan, chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalikning 1,8 gektar yer maydonini xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 25 ming AQSH dollari talab qiladi.
DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u oldindan 10 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi