Uchtepa va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining rasmiy Telegram-kanalida ma’lum qilindi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.M. va boshqalar fuqaro A.ga 15 dona «Tropikamid» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 1,5 mln so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, ularning yonida bo‘lgan 41 dona «Tropikamid», 22 dona «Regapen», 18 dona «Selofen» va 17 dona «Zardeks» nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Xuddi shunday, Departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro N.Q. fuqaro B.ga 4 dona «Regapen» nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasini 100 ming so‘mga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonida bo‘lgan 111 dona «Zardeks», 27 dona «Regapen», 11 dona «Selofen» va 8 dona «Tropikamid» nomli dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud bo‘lgan dori vositalarini retsept bo‘yicha chakana realizatsiya qilish tartibini buzish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi