23:55 / 18.11.2021
3 534

Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi o‘z joniga qasd qildi

Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi o‘z joniga qasd qildi
Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi katta miqdordagi mablag‘ni qimorda yutqazib qo‘ygani sababli o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda «Oyina.uz»ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, 2021 yil 17 noyabr kuni soat 16-00lar chamasida Shahrixon tumani, Bo‘ston MFY, Yangiqadam ko‘chasidagi uyda yashovchi R.B (Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi) mazkur hududda joylashgan qabriston ayvonida bo‘yin sohasidan o‘zini osib, o‘z joniga qasd qilgan va voqea joyida vafot etgan.

Uning o‘limi sabablarini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. R.B.ning jasadini sud-tibbiy ekspertiza mutaxassisi ishtirokida ko‘zdan kechirish davomida tan jarohatlari aniqlanmagan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlari davomida R.B. Farg‘ona davlat universitetida o‘qituvchi lavozimida ishlab kelgani, «1xbet» bukmeykerlik kompaniyasi orqali tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yinlari o‘ynashi, 2021 yil 16 noyabr kuni Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahrida yashovchi «Hurshidbek» ismli shaxsdan mazkur qimor o‘yinlarini o‘ynash uchun 57.000.000 so‘m miqdoridagi pullarni qarzga olgani va «1xbet» o‘yinlarida mazkur pullarni yutqazib qo‘ygani aniqlangan.

Shuningdek, mazkur pullarni 2021 yil 18 noyabr kuni qaytarib berishni va’da qilib, uyidan olib kelib berishini aytgan va shu kuni oila a’zolariga telefon raqami orqali uni qabristondan topishlari to‘g‘risida sms-xabarnoma yuborgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘ona davlat universiteti o‘qituvchisi o‘z joniga qasd qildi