Foto: Getty Images
Kengash matbuot xizmatining xabar berishicha, 2021 yil 19 noyabr kuni qabul qilingan qarorga ko‘ra:
Shehroz Omonov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi 10 yillik, shundan 5 yil muddatga Jizzax viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘allaorol tumanlararo sudining raisi lavozimiga;
Qahramon Mirsafoyev – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi 10 yillik muddatiga Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga tayinlangan.
Shuningdek, Sherzod Hoshimov sudyalik vakolati muddati davrining 5 yil muddatiga Farg‘ona harbiy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining raisi lavozimidan ozod qilingan.
Tojiddin Vahobov sudyalik vakolati muddati davrining 5 yil muddatiga Farg‘ona viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilingan.
Nodirjon Rayimqulov sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod qilingan.
Qo‘shimcha qilinishicha, Farg‘ona viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining sudyasi Gulnora Obidova va Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudi raisining o‘rinbosari Odilbek Hazratqulov lavozimidan ozod etilib, vakolatlari muddatidan avval tugatilgan.
Kun.uz 2 nafar sudya qaysi harakatlari tufayli lavozimidan ozod etilganini bilish uchun kengash bilan bog‘landi. Kengash matbuot kotibi Tursunali Akbarov sudyalar qasamyodini buzgani uchun lavozimidan ozod etilganini, biroq batafsil ma’lumot berolmasligini bildirdi.
E’tiborli jihati, shu vaqtgacha kengash ma’lumotlarida lavozimidan ozod etilgan sudyalarning faqat soni ma’lum qilinib, ularning kimligi oshkor qilinmay kelgan.
Ma’lumot uchun, “Sudlar to‘g‘risida”gi qonunga ko‘ra, ilk bor sudyalik lavozimiga saylangan yoki tayinlangan shaxs quyidagi mazmunda qasamyod qiladi: “Zimmamga yuklatilgan vazifalarni halol va vijdonan bajarishga, odil sudlovni faqat qonunga bo‘ysungan holda amalga oshirishga, sudyalik burchim va vijdonim buyurganidek beg‘araz, xolis va adolatli bo‘lishga tantanali qasamyod qilaman”. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi