17:21 / 20.11.2021
10 384

Qashqadaryoda bog‘cha rahbariyati tekshiruvchilardan yashirib bolalarni hojatxonaga qamab qo‘ydi

Qashqadaryoda bog‘cha rahbariyati tekshiruvchilardan yashirib bolalarni hojatxonaga qamab qo‘ydi
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha ta’lim boshqarmasi bog‘cha hojatxonasiga bolalar qamab qo‘yilgani yuzasidan munosabat bildirdi. Bu haqda Nasafnews xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, o‘rganish davomida holat sodir etilgani tasdiqlangan va hozirda tegishli organlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Holat yuzasidan viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi tomonidan ishchi guruh Qarshi shahridagi 32-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 2021 yilning 26 oktabr kuni o‘rganish o‘tkazgan. O‘rganish paytida videolavhadagi holat kuzatilgan.

«Ushbu holat yuzasidan ayni paytda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda», – deyiladi boshqarma xabarida.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qashqadaryoda bog‘cha rahbariyati tekshiruvchilardan yashirib bolalarni hojatxonaga qamab qo‘ydi