Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan 2021 yil 10—17 noyabrgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari o‘zgarishi tahlili viloyatlar, tumanlar va shaharlar kesimida o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Spot.
Tahlil natijalarida aytilishicha, shu davr mobaynida suyakli mol go‘shti va guruch narxlarining pasayishi qayd etilgan.
Jumladan, mol go‘shti narxining pasayishi Buxoro (-1,1 foiz), Qashqadaryo (-0,7 foiz), Jizzax (-0,4 foiz), Samarqand (-0,1 foiz) viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpog‘istonda (-0,6 foiz) kuzatilgan. Viloyatlar kesimida Navoiy, Surxondaryo, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari hamda Toshkent shahrida suyakli mol go‘shti narxi avvalgi haftaga nisbatan o‘zgarmagan.
Tumanlar kesimida bir kilogramm suyakli mol go‘sht narxining yuqoriligi bo‘yicha Ohangaron (72 500 so‘m/kg), Yangiyo‘l (72 000 so‘m/kg), Quyichirchiq (71 129 so‘m/kg), Xiva (71 000 so‘m) va Urganch (70 500 so‘m/kg) tumanlari top 5 talikdan o‘rin olgan.
Shuningdek, respublikada guruchning o‘rtacha narxi tahlil etilayotgan davrda 0,2 foizga pasayib, 17 noyabr holatida bir kilogramm guruch 9912 so‘mni tashkil qilgan. O‘rtacha narxlar darajasi Qoraqalpog‘istonda 6520 so‘mdan Toshkent shahrida 11 604 so‘mgacha bo‘lgan diapazonda bo‘lgan. Guruch narxining pasayishi (kilogramm uchun) deyarli barcha hududlarda kuzatilgan. Pasayish Surxondaryoda (1,1 foiz), Xorazm (0,8 foiz), Sirdaryo (0,5 foiz), Samarqand (0,4 foiz), Jizzax (0,1 foiz), Buxoro (0,1 foiz) viloyatlarida va, shuningdek, Qoraqalpog‘istonda (0,8 foiz) kuzatilgan.
Tumanlar bo‘yicha bir kilogramm guruch narxining yuqoriligi bo‘yicha Toshloq (12 727 so‘m/kg), Yozyovon (12 700 so‘m/kg), Yangiyo‘l (12 667 so‘m/kg), Yuqorichirchiq (12 500 so‘m/kg) Uchtepa (12 463 so‘m/kg) tumanlari top 5 talikdan o‘rin olgan.
Tahlil qilinayotgan davrda tuxum (o‘n donasi), sut, kartoshka, kungaboqar yog‘i, bug‘doy uni, shakar narxlarining o‘zgarishi keltirilgan. Hududlar kesimida narxlarning eng yuqori o‘sishi quyidagi mahsulotlar uchun qayd etilgan:
- tuxum o‘n donasi Buxoro (3,2 foiz), Andijon (1,8 foiz), Toshkent (1,3 foiz), Qashqadaryo (1,3 foiz) viloyatlarida;
- sut Buxoro (2,2 foiz), Jizzax (1,4 foiz), Toshkent (28,3 foiz), Namangan (0,7 foiz) viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpog‘istonda (1,0 foiz);
- shakar Andijon (2,5 foiz), Buxoro (2,0 foiz), Toshkent (1,5 foiz), Jizzax (0,9 foiz), Namangan (0,8 foiz) viloyatlarida, shuningdek, Toshkent shahrida (1,2 foiz);
- kungaboqar yog‘i Jizzax viloyatida (0,1 foiz) va Toshkent shahrida (0,9 foiz);
- un Buxoro (1,3 foiz), Xorazm (0,9 foiz), Sirdaryo (0,7 foiz), Qashqadaryo (0,6 foiz) va Farg‘ona (0,6 foiz) viloyatlarida;
- kartoshka Samarqand (4,2 foiz), Sirdaryo (4,5 foiz) Andijon (3,3 foiz), Buxoro (2,7 foiz), Toshkent (2,2 foiz) viloyatlarida./list]
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi