13:43 / 22.11.2021
1 881

Olimlar tomirida elektr energiyasini to‘play oladigan o‘simlik yaratishdi

Olimlar tomirida elektr energiyasini to‘play oladigan o‘simlik yaratishdi
Foto: newatlas.com
Lincheping universitetining yangi tadqiqoti o‘simlik ildizlarini qanday qilib energiya zaxiralariga aylantirish mumkinligini ko‘rsatdi. Ildiz elektr o‘tkazish qobiliyatiga ega bo‘lishi uchun uni maxsus eritma bilan sug‘orish talab etiladi.

Electronic Plants Group tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar ana shunday natijaga olib keldi. 2015 yilda jamoa o‘simlikka PEDOT o‘tkazuvchi polimer qo‘shish yo‘li bilan atirgullarning tomir to‘qimalarida elektr zanjirlari yaratgan edi. Keyinchalik undan tranzistorlarni shakllantirishda foydalanilgan. 2017 yilda olimlar uning o‘rniga o‘simlik ichida hosil bo‘lgan kon’yugatsiyalangan oligomer ETE-S joriy etishgan.U esa elektr energiyasini to‘play oladigan elektr o‘tkazgichga aylangan.

Dastlabki bosqichlarda hayotiyligi qisqa muddat davom etgan kesilgan o‘imliklar bilan ish olib borilgan. So‘nggi tadqiqotda urug‘lardan o‘stirilgan oddiy loviya bilan ishlangan, u oligomerli eritma bilan sug‘orilgan. Phaseolus vulgaris dukkakli o‘simligi ETE-S oligomerlarini tabiiy tartibda polimerlashtirgan.

Foto: newatlas.com
Natijada ildizda elektr energiyasini o‘tkazuvchi polimer pelenka hosil bo‘ldi va jami ildiz tizimi to‘rt haftadan ortiq muddat davomida elektr faol bo‘lgan simlar tizimiga aylangan. Ildiz kondensatorlar zaryadlash va zaryaddan tushirish vaqtidagi elektrodlar kabi harakat qilgan. Tirik o‘simlik kesilgan o‘simlikka qaraganda 100 marta ko‘proq energiya saqlay olgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olimlar tomirida elektr energiyasini to‘play oladigan o‘simlik yaratishdi