Foto: Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati
Qashqadaryoda o‘ta og‘ir turdagi jinoyatni sodir etib qidiruvda bo‘lgan shaxs «Xavfsiz hudud» tadbirlari davomida Toshkent viloyatida qo‘lga olindi.
Ma’lum qilinishicha, kecha 23 noyabr kuni O‘rta Chirchiq tumani IIB Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan bir yildan buyon qidiruvda bo‘lgan shaxs ushlandi.
1993 yilda tug‘ilgan Sh.Sh. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 164-moddasi 3-qismi va 25, 97-moddasi 2-qismi «v, d, j, n, o, p» bandlarida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan. U 2020 yilning sentabr oyidan Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan qidiruvda bo‘lgan.
Ushlangan vaqtida fuqaro Sh.Sh. qochishga uringan va ichki ishlar organlari xodimlariga bo‘ysunmay, faol qarshilik ko‘rsatgan.
Hozirda qilmishga yarasha jazoning muqarrarligi va qonun ustuvorligi ta’minlanib, unga nisbatan yuritilgan qidiruv ishi tugatildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin