Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev 25 noyabr kuni Yevropa Ittifoqining Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Margaritis Sxinas boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, uchrashuv avvalida YEIning yuqori darajadagi vakili davlat rahbariga Yevropa kengashi raisi Sharl Mishel va Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayenning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan. Muloqotda O‘zbekiston va YEI o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqilgan.
Qayd etilishicha, noyabr oyida «O‘zbekiston—Yevropa Ittifoqi» hamkorlik kengashining navbatdagi yig‘ilishi muvaffaqiyatli o‘tkazilgan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
«O‘zaro savdo hajmi ortib, Yevropa yetakchi kompaniyalarining ilg‘or tajribasi va texnologiyalarini jalb qilgan holda yirik investitsiya loyihalari ustida ish olib borilmoqda. Ta’lim, xavfsizlik sohasida, terrorizm va narkotrafikka qarshi kurashish borasida muhim qo‘shma dasturlar amalga oshirilmoqda», deyiladi xabarda.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston va YEI o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muzokaralarni yakunlash va uni tez fursatda qabul qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Mintaqa kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin