Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi Shirmonbuloq qishlog‘ida yashovchi Odilbek Siddiqov o‘z xonadonida papayya daraxtini iqlim sharoitiga moslashtirdi. Buning natijasida daraxtning mevasidagi ta’m ham o‘zgardi. Ya’ni aslida bodring ta’mini beruvchi meva endi handalak ta’mli bo‘ldi.
– O‘zim bolalar shifokori bo‘lganim bois inson salomatligi uchun foydali mevalarni yetishtirishga qiziqaman,– deydi Odilbek Siddiqov. – Aslini olganda foydasiz mevaning o‘zi yo‘q. Biroq yurtimizda yetishtirilmaydigan mevalar ham ko‘p! Ana shulardan biri papayya bo‘lib, O‘zbekistonda uning o‘rindoshi yo‘q. Papayya tibbiyotda ham, kosmetologiyada ham birdek foydali! U disk churrasi, oshqozon-ichak hazmi, qandli diabet bilan bog‘liq kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi. Vitaminga boy. Uni iste’mol qilgan kishining yuzi tiniqlashib, organizmi yosharadi.
Ma’lumotlarda bayon etilishicha, ushbu o‘simlik hosili daromad manbai hamdir. Sababi, har bir daraxt 15-20 kg hosil beradi va 1 kg papayyaning narxi 150 ming so‘m turadi. Shifokor shu bilangina kifoyalanib qolmay, issiqxonasida tibbiyot va tabobatda keng qo‘llaniladigan fexoa, zaytun, mandarin, limon, greypfrut, marakuya, gojji, banan kabi o‘simliklarni ham parvarishlamoqda. Uning maqsadi noyob o‘simliklarni mintaqamiz sharoitiga moslashtirish va ommalashtirishdan iborat. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...