Foto: «Kapitalbank» matbuot xizmati
«Kapitalbank» AJ banki 215,3 milliard so‘mlik 65,97 million dona aksiyalarining qo‘shimcha emissiyasini joylashtirdi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tashkilotning ushbu aksiyalarini Rossiyaning USM Holdings kompaniyasi sho‘’ba korxonasi «Telekominvest» MCHJ sotib olgan. Kompaniyaning 49 foiz ulushi Alisher Usmonovga tegishli hisoblanadi.
Qayd etilishicha, «Kapitalbank» ATB fond birjasi va qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchisi hisoblanadi. 2021 yilda tashkilot O‘zbekistonda valyuta birjasining birinchi market-meykeri bo‘lgan. Bundan tashqari, bank O‘zbekistonda birinchi raqamli bank AJ «Bank Apelsin» sho‘’ba korxonasi bilan bank guruhini tashkil etgan.
Avvalroq Prezidentning kuyovi Oybek Tursunov «Kapitalbank» ustavidagi 112,49 mln aksiyalarini sotib olib, o‘zining jami ulushini 50 foizga yetkazgani haqida xabar berilgandi. Aksiyador 112,49 million aksiyalarini sotib olgan — bu qimmatli qog‘ozlar umumiy sonining 34,1 foizi degani. Bunga qadar u 52,43 million donaga egalik qilib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, elektron pul tizimlari reyestri yuritilishi boshlanganidan buyon Markaziy bank 10 ta platformani ro‘yxatdan o‘tkazdi. Ulardan 4 tasi «Kapitalbank» ishtirokida ishga tushirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...