O‘zbekistonda hozirga qadar COVID-19 ning to‘rtta shtammi aniqlangan. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning boshi va birinchi choragida koronavirusning alfa shtammi tarqalishi kuzatilgan bo‘lsa, shu yilning ikkinchi yarmida delta shtammi keng tarqalgan.
«Hozirga kelib esa ilgari qayd etilmagan yangi mutatsiyalar aniqlanmoqda, bu bosqichda ma’lumotlar umumlashtiriladi va ularning bioinformatik tahlili, shuningdek, tadqiqot natijalari nashrga tayyorlanadi», — deyiladi xabarda.
Ilg‘or texnologiyalar markazi direktori o‘rinbosari professor Alisher Abdullayevning fikricha, O‘zbekistonda COVID-19 ning to‘rtta shtammi mavjud. Ularning bittasi «asl» Uxan shtammiga yaqin, u koronavirusga chalinganlarning taxminan 1 foizida aniqlangan. 20A shtammi esa 7 holatda kuzatilmoqda. Shuningdek, yana bir turi «britancha» shtamm bo‘lib, u esa taxminan 10 foizda qayd etilgan. Shu bilan birga, bemorlarning 82 foizdan ortig‘i — delta shtammi («hindcha») bilan zararlangan.
Eslatib o‘tamiz, 2021 yil 30 yanvar kuni koronavirusning «britancha» shtammi O‘zbekistonga kirib kelgani ma’lum bo‘lgandi. U 23 yanvar kuni Dubaydan qaytib kelgan 10 yoshli qizchada aniqlangan. SSV esa koronavirusning yangi shtammi aniqlangan qizcha haqida nima uchun 1 haftadan keyin e’lon qilinganiga izoh bergandi. 17 aprel kuni bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida koronavirusga qarshi kurash komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishida O‘zbekistonga koronavirusning «afrikacha» shtammi kirib kelgani aytilgandi. Iyun oxirlarida O‘zbekistonda koronavirusning «hindcha» shtammi aniqlangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...